Videolarga professional effektlar berishni o'rganing
"Maxsus effektlar" kursi bilan tanishing
" VFX" o'zi nima?
VFX so'zi visual effects'ning qisqartmasi bo'lib, bu kompyuterlar orqali yaratiladigan effektlar. Hozirgi kunda ko'plab filmlarda, klip va reklama roliklarida shu turdagi effektlarni uchratishimiz mumkin.

Qisqacha tushuntirganda, kompyuterda qilingan effektlarni real hayotda syomka qilingan kadr bilan qorishtirish. Kompyuter grafikasimi yoki realmi deb ikkilanib qolishimizga sabab bo'luvchi kadrlar uchun VFX rassomlari mehnat qilishadi.

Ayniqsa, jangovar va fantastik filmlarda maxsus effektlardan mohirona foydalaniladi. Masalan, 'Avatar', 'Karib dengiz qaroqchilari', 'Kalmar o'yini', 'O'rgimchak odam', 'Opengeymer' va boshqalar
"Maxsus effektlar" kursi siz uchun agar...
  • Montaj sohasida bir pog'ona ko'tarilmoqchi bo'lsangiz;
  • Media olamida o'zingizni ko'rsangiz;
  • Moushn dizayn yoki montaj sohasiga qiziqsangiz;
  • O'z g'oyalaringizni realizatsiya qilishni istasangiz
Bu kursga hoziroq ro'yxatdan o'ting, sababi...
  • Kurs yoqmasa, to'lovni 100% qaytarib olasiz

    Sizda hech qanday xavf bo'lmaydi. Chunki kurs qanoatlantirmasa, pulingizni qaytaramiz.
  • Erkin vaqt va grafikda ta'lim olasiz

    Barcha darslar, vazifalar va materiallar maxsus platformaga yuklangan. Darslarni o'zingizga qulay vaqtda tomosha qilasiz.
  • Tajribaga va amaliyotga asoslangan bilimlarga ega bo'lasiz

    Darslarni yaxshi o'zlashtirishingiz uchun kurs amaliy loyihalar bilan boyitilgan!

»
VFX kursida quyidagilarni o'rganasiz:
"Maxsus effektlar" kursida bularning barchasi jamlangan
  • Tracking (2D, 3D, Mocha, Face tracking)
  • To'pponchadan o'q uzish, avtohalokat sahnasi
  • Yashil fon bilan ishlash
  • Hud elementlari
  • Osmon rangini o'zgartirish, qor va yomg'ir
  • Portlatish effekti
  • LOG video (compositing)
  • Neon animatsiyasi
  • Sun'iy intellekt
  • Camera mapping
  • Temir odam effekti
  • Qiyofani o'zgartirish (Morphing)

Kurs davomida siz quyidagi kabi ishlarni bajara olasiz:

Kurs ustozi

► Moushn grafika va montaj sohasida 9 yillik tajribaga ega mutaxassis;

Najot Ta’lim markazida katta o'qituvchi;

Ko'plab kliplar, (Ummon guruhi, Via Marokand, Munisa Rizayeva, Bahrom Nazarov, Lola, Farhod va Shirin...) kinolar, ('Islomga bag'ishlangan umr') reklama roliklarida montaj ishlarini olib borgan.

Kurs dasturi:
  • 2 ta

    Modullar
  • 25 ta

    Mavzular soni
  • 47 ta

    Darslar soni
  • 12 soat 54 daqiqa

    Kurs davomiyligi
Kurs narxi va beriladigan imkoniyatlar